Onlayn do'kon orqali buyurtma berish

online-shop

1 BOSQICH. Mahsulotni savatga qo'shing.

Kursorni kerakli mahsulot toifasiga o'tkazing - tanlangan qismga mos keladigan menyu ochiladi.

Bo'limlarni ketma-ket ochish orqali, masalan, "Kosmetika / Parvarish qilish / Yuzni parvarish qilish / Kunduzgi kremlar", siz mahsulotlarning ro'yxati ko'rsatilgan sahifaga o'tasiz (vitrinaga).

Zakaz_2

Filtr qo'yishingiz mumkin: yoshiga, terining turiga va mahsulotning boshqa xususiyatlariga qarab. Vitrinada mahsulot narxi haqida dastlabki ma'lumotlar ko'rsatiladi:

  • eski katalog narxi - qora rangda uchirilgan narx;
  • yangi katalog narxi - uichirilganni tagida ko'rsatilgan qizil rangdagi narx;
  • ushbu mahsulot uchun olgan ballaringiz.

Sovg'a belgisiga kursorni yo'llab, mahsulot qaysi aktsiyada ishtirok etayotganini bilib oling.

Agar ranglarga ega bo'lgan mahsulotga (masalan, lab bo'yog'ini) kursor yo'llansa, butun palitrani ko'rish mumkin.

Mahsulot kartasida siz batafsil ma'lumotni topasiz: xususiyatlar, saqlash muddati, tarkibi, o'lchov sxemasi (kiyim-kechak va poyafzal uchun), shunga o'xshash mahsulotlar yoki qo'shma mahsulotlar, mijozlar sharhlari. Bu erda siz ijtimoiy tarmoqlarda mahsulotga havolani ulashishingiz va uni o'z savatingizga qo'shishingiz mumkin.

Savatga joylashtirilgan mahsulotlar saytning yuqori o'ng burchagidagi "Mini-savat" belgisi ustiga bosganingizda ochiladigan oynada ko'rsatiladi.

Buyurtmaga qo'shmoqchi bo'lgan barcha mahsulotlarni tanlab olgandan so'ng, savatga o'ting. Savatda siz etkazib berish joyini, agar u ilgari tanlanmagan bo'lsa, shuningdek aktsiya mahsulotlarini tanlashingiz mumkin.

Diqqat qiling: mahsulotni savatga qo'shganda yoki uni olib tashlaganda, aksiyalar o'zgarishi mumkin.

1 BOSQICH. Promoaktsiyalarni tanlang

Siz buyurtmaga aktsiyadagi mahsulotlarini qismini darhol qo'shishingiz mumkin. Ba'zi aktsiyalar to'g'ridan-to'g'ri savatda, "Sizning savatingizdagi aktsiyalar" bo'limida tanlanadi. Ularning tarkibi joriy katalogga va siz aktsiyalarning qanday shartlarini tanlaganingizga bog'liq.

Aktsiyalar bloklarini bosganingizda, super narxlarda mahsulotlar ro'yxati ochiladi.

Kerakli aktsiyani toping va "Mahsulotlarni tanlash" tugmachasini bosing. Kerakli mahsulot sonini qo'shing va "Qo'llash" tugmasini bosing.

"Katalog yangiliklari" bo'limida har bir katalog davrining boshida buyurtma berish usuli ko'rsatilgan barcha aktsiyalarning ro'yxati joylashtirilgan.

Savatda "Sizning savatingiz uchun aktsiyalar" bo'limida siz biznes uchun qo'llab-quvvatlovchi qo'llanmalarni tanlashingiz mumkin (chegirmali kataloglar, namunalar va boshqa narsalar).

Agar asosiy buyurtma miqdori chegirmani qo'llash uchun etarli bo'lmasa, ba'zi aktsiyalar ko'rinmasligi mumkin. Bunday holda, buyurtmaga mahsulotni qo'shing va "Sizning savatingiz uchun aktsiyalar" bo'limida kerakli aktsiya paydo bo'ladi.

3 BOSQICH. Buyurtmani rasmiylashtiring

"Buyurtma jami" blokida quyidagilar ko'rsatilgan: katalog narxlaridagi buyurtma qiymati, chegirmalar bilan buyurtma qiymati, buyurtma uchun ballar soni. Buyurtma rasmiylashtirishni davom ettirish uchun "Davom etish" tugmasini bosing. Shundan so'ng, buyurtma cheki va yakuniy narxi ko'rsatilgan oyna ochiladi. Shuningdek, u erda posilkaning umumiy og'irligini va sizning buyurtmangizdagi mahsulotlarning birlik soni ko'rsatiladi. Ushbu bosqichda siz etkazib berish variantlaridan birini tanlashingiz mumkin:

  • Birdaniga butun buyurtmani oling (barcha mahsulotlar omborda paydo bo'lganda).
  • Ikki qismga bo'lish kerak (birinchi navbatda siz omborda mavjud bo'lgan mahsulotlarni olasiz, va etishmaganlarni oxirgisi paydo bo'lganda).
  • Kirib kelishiga qarab (kirib kelingan sana bo'yicha mahsulotlarni birlashtiramiz va buyurtmani bir necha qismga ajratamiz).

Bu yerdan, agar kerak bo'lsa, "Orqaga" tugmasini bosib, savatga qaytishingiz mumkin.

Buyurtmani bajarish uchun "Buyurtma" tugmasini bosing. Buyurtma o'tganligi haqida tasdiqlovchi oyna ochiladi.

Ahamiyat bering: Buyurtma tugmasini bosgandan so'ng, siz buyurtmani tasdiqlay olmaysiz, uni faqat o'chirishingiz mumkin.

Buyurtmani to'lash uchun "To'lovga o'tish" tugmasini bosing.

Ssilka bilan bolishish

Мы используем файлы Cookie,

Чтобы улучшить работу сайта и предоставить Вам больше возможностей для покупок. Продолжив пользоваться сайтом, Вы даёте свое согласие на применение файлов Cookie.